Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Faoliyat yo‘nalishlari

Namangan viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining vazifalari va funksiyalari 

vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar bosh boshqarmaning vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;

Namangan viloyat hokimi, tuman (shahar) hokimlari, hududiy prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi oʻrinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;

            aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasidagi va bosh boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;

tuman (shahar) kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlari va idora boʻysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

ishga joylashtirish, oʻqitish va malaka oshirish, malakani baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish boʻyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;

kovorking-markazlar tashkil etish va ularni saqlab turish moliyalashtirilishini tashkil qilish boʻyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

tuman (shahar) kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan grant va subsidiyalar berilishini tashkil qilish;

ishsizlarni kasbga oʻqitish markazlari bilan hamkorlik qilish;

majburiy mehnatning har qanday turi bilan kurashish;

ishsizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish;

oʻz-oʻzini band qilishning maqbul shakllarini fuqarolarga keng tushuntirish va imtiyozli mikrokredit olishlari uchun tavsiyalar berish;

tuman (shahar) kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlarida va idora boʻysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish.

Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Namangan viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi buyruqlarining, Namangan viloyat hokimiyatining qaror va farmoyishlarining va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning tuman (shahar) Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlari, idora boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;

tuman (shahar) kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlari, idora boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;

tuman (shahar) kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlari, idora boʻysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

aholini ishga joylashtirish sohasida xizmatlar koʻrsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;

tuman (shahar) kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlari va idora boʻysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;

aholini ish bilan taʼminlash hududiy dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish, band boʻlmagan aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish, ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, idora boʻysunuvidagi tashkilotlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;

ishga joylashtirish, oʻqitish va malakani baholash xizmatlariga boʻlgan davlat buyurtmasini shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklari, ishsizlar va band boʻlmagan aholini oʻqitish markazlari hamda malakani baholash markazlariga haq toʻlash boʻyicha tuman (shahar) kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlari xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;

kovorking-markazlarni tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlari takliflarini umumlashtiradi, shuningdek ularni saqlab turishning moliyalashtirilishini tashkil etadi;

tuman (shahar) kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlari va idora boʻysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik taʼminotini tashkil etadi;

tuman (shahar) kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlari va idora boʻysunuvidagi tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini oʻtkazadi va muvofiqlashtiradi;

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;

operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va oʻz vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qaror (buyruq)lar qabul qiladi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bevosita oʻzi tomonidan, shuningdek hududiy kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazlari va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajarilishini taʼminlaydi.