Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

“Har qarich yer – barqaror daromad kaliti” Pop tumanining olis hududida joylashgan Nayman mahallasi aholisi tomorqalaridan barqaror va eʼtiborga sazovor daromad olish bilan ajralib turadi. Har bir xonadon oʻz tomorqasining har qarichidan samarali foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan iqtisodiy manfaat oladi. Misol uchun, Mamataliyevlar xonadonini olish mumkin. Ularning tomorqasida xandalak, karam, pomidor va boshqa turdagi ekinlar oʻtgan yili 100 million soʻmdan ziyod daromad keltirdi. “Kundalik ehtiyojlardan ortib, Labo rusumidagi avtomobil oldim, bu mening yukimni yengil qildi. Bu yil ham katta daromad kutyapman, mehnat ham shunga yarasha boʻlyapti, ” — deydi tomorqa yegasi Tojiboy aka. Nayman mahallasida har bir xonadon shunday samarali tomorqachilik orqali oʻz uy-boshini taʼminlab, mahalliy iqtisodiyotga salmoqli hissa qoʻshmoqda. Bu yerda mehnat va barqarorlik bir-biriga uygʻunlashib, aholi uchun nafaqat daromad, balki hayot sifatini yaxshilashga ham imkoniyat yaratadi.

error

2026-03-26