Янгиликлар
Янгиликлар
2026-03-25

Chortoq tumanining "Xayrli" mahallasida istiqomat qiluvchi Farhodjon Mirzaahmedov tomorqadan unumli foydalanish borasida ibrat boʻlayotganlardan.
Atigi bir sotix yer maydonida tashkil etilgan issiqxonada u qulupnayning serhosil navini gidroponika usulida parvarishlab, yuqori daromadga erishmoqda.
Eʼtiborlisi, yanvar–fevral oylarida qulupnayning bir kilosi 300 ming soʻmdan sotilgan boʻlsa, hozirgi kunda ham 190 ming soʻmdan xaridoriga ega.
Kuniga oʻrtacha 10 kilogramm hosil olinayotgani esa bir kunda qariyb 1 million 900 ming soʻm daromad degani. Bu esa moʻjazgina tomorqaning oʻziyoq oila uchun barqaror daromad manbai boʻla olishini yaqqol namoyon etadi.
Darhaqiqat, tomorqa — mehnat qilgan inson uchun baraka va farovonlik manbai. Undan oqilona foydalangan har bir xonadon oʻz daromadini oshirib, turmushini yaxshilashi mumkin.
Наманган вилояти Камбағалликни қисқартириш ва Бандлик бош бошқармаси
Сайт материалларидан фойдаланганда,
ушбу сайтга хавола
кўрсатилиши шарт
Матнда хатолик топдингизми? Сичқонча билан белгилаб, Ctrl+Enter тугмаларини босинг