Yangiliklar
Yangiliklar
2024-03-26
Kanada texnik va xizmat ko'rsatish sohasida 30 dan ortiq yo`nalish bo`yicha ishga taklif etmoqda.
🟢Kanadaga 5 000 ta bo‘sh ish o‘rniga taklif haqida xabar bergan edik. Kecha qurilish yo‘nalishida, (1 000) bugun texnik va xizmat ko‘rsatish sohalariga 4 000 ta ish o‘rni uchun e’lon joylayapmiz.
1. Texnik soha (yo`nalishlari) (https://telegra.ph/Texnik-soha-03-26)
2. Xizmat ko`rsatish (yo`nalishlari) (https://telegra.ph/Texnik-soha-03-26)
1. 👉Ro'yxatdan o'tish (https://labormigration.uz/vacancy?vacancy_id=638)
2. 👉Ro'yxatdan o'tish (https://labormigration.uz/vacancy?vacancy_id=639)
Talablar va zarur hujjatlar
1. 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi
2. ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilishi
3. qurilish kasb-taʼlimi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplom
4. xorijiy pasport nusxasi
💵 Ish haqi: soatiga 12,5 $ dan 30 $ gacha.
❗️Talablarga mos kelmaydigan fuqarolarning nomzodi ko‘rib chiqilmaydi.
Har bir nomzodning maʼlumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan o‘tkaziladi.
Ro'yxatga olish 31.03.2024-yil soat 18-00 gacha davom etadi.
📞Murojaat uchun: 71 202-33-55, 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami