Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

UYCHI TUMANIDAGI MAHALLALAR ISHSIZLIK VA KAMBAGʻALLIKDAN HOLI HUDUDGA AYLANADI Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov “Milliy bank” Uychi filialida tadbirkorlar bilan uchrashdi.

error

2024-03-27



Viloyat rahbari Yurtboshimiz tomonidan  “Mijozbay” ish tashkil etish, tadbirkorlarning  muammolarini aniqlash, ularni qoʻllab-quvvatlash orqali yangi ish oʻrinlari yaratish vazifasi qoʻyilganligini taʼkidlab, yigʻilganlarni ochiq muloqotga chorladi.

 

Bank va mutasaddi rahbarlar ishtirokidagi muloqot davomida kredit olish, yer ajratish, kadastr, tikuvchilik, savdo,  aylanma  mablagʻni shakllantirish  kabi  15 ta murojaat tegishli tartibda nazoratga olindi.

 

Muloqotda “Mikrokertidbank” ATB boshqaruvining davlat dasturlari departamenti direktori N.Shodmonov, tumandagi sektor rahbarlari ishtirok etdilar.