Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Xorijda ishlayotganlar bilan onlayn-muloqot oʻtkazildi Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov chet davlatlarda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan onlayn muloqot oʻtkazdi.

error

2024-03-30

Yorqoʻrgʻon madaniyat markazida boʻlib oʻtgan muloqotda migrantlarning oila aʼzolaridan 110 nafari qatnashdi.

Viloyat rahbari mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar natijasida yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida toʻxtalib, ulardan unumli foydalanishga, oʻz yurtiga kelib ishlashga chaqirdi. Buning uchun migrantlarga barcha imkoniyatlar ishga solinishi, ular  kafolatli ish va oʻqish bilan taʼminlanishlari aytildi.

 

Shundan soʻng xorijdagi vatandoshlarning murojaatlari tinglandi va ularning murojaatlarini hal qilish boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriq berildi. Shu kuni  ehtiyojmand migrantlar oilalariga un va oʻsimlik yogʻi ham tarqatildi.