Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov sektorlar rahbarlari bilan birgalikda Yangi Namangan tumanidagi oʻrganishlari davomida ushbu tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan ham tanishdi.

error

2024-04-14



#Online

 

Qandolatchilik ortidan roʻzgʻor tebratayotgan ayol 25 nafar xotin-qizlarni ish bilan taʼminladi. 

 

Yangi Namangan tumanining "Atangan guzar"  mahallasida yashovchi Marhabo Poʻlatova qaramogʻida 3 nafar farzandi bilan yolgʻiz oʻzi roʻzgʻor tebratadi. Hozirda qandolatchilik bilan shugʻullanib, oilasini uddalamoqda. Shuning barobarida uyda oʻtirgan ayollardan 25 nafarini ishli qildi. 

 

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov sektorlar rahbarlari bilan birgalikda Yangi Namangan tumanidagi oʻrganishlari davomida ushbu tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan ham tanishdi. 

 

Tadbirkor muammolari oʻrganilib,  ish xajmi va ish oʻrinlarini yanada kengaytirish masalasiga eʼtibor qaratildi.