Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Uychi tumani 1-sektor hududidagi Yangiyer MFYda yashovchi Ravshanbek Qoʻchqorov xonadonida tikuvchilik sexi tashkil qilindi. Sexning ochilish marosimida tuman hokimi Sh.Musayev, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Z. Ikramov qatnashdilar.

error

2024-04-21



Unga “Ayollar daftari”ga kiritilgan 12 nafar ishsiz xotin-qiz jalb etilib, ularga mahalla hokim yordamchisining koʻmagi bilan subsidiya asosida 12 ta tikuv mashinasi olib berildi. Ravshanbek Qoʻchqorov lider tadbirkor sifatida buyurtmalar qabul qilib, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.