Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Pop tumanining Chodak qishlogʼida joylashgan OKMK oʼquv markazida Namangan viloyat Kambagʼallikni qisqartirish  va bandlik  Bosh Boshqarmasi va Pop, Namangan shahar, Davlatobod, Chust tuman boʼlimlari hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida  aholi murojaatlarini tinglash, olis xududlarda yashovchi aholi bandligini taʼminlash, migratsiyadan qaytgan fuqarolar bandligiga koʼmaklashish  maqsadida "Boʼsh ish oʼrinlari" mehnat yarmarkasi boʼlib oʼtdi

error

2024-05-09




OLIS HUDUDDА BOʼSh ISh OʼRINLАRI YaRMАRKАSI 


Pop tumanining Chodak qishlogʼida joylashgan OKMK oʼquv markazida Namangan viloyat Kambagʼallikni qisqartirish  va bandlik  Bosh Boshqarmasi va Pop, Namangan shahar, Davlatobod, Chust tuman boʼlimlari hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida  aholi murojaatlarini tinglash, olis xududlarda yashovchi aholi bandligini taʼminlash, migratsiyadan qaytgan fuqarolar bandligiga koʼmaklashish  maqsadida "Boʼsh ish oʼrinlari" mehnat yarmarkasi boʼlib oʼtdi. 


Unda 40 dan ortiq korxona-tashkilotlar oʼzlaridagi mavjud 2 mingdan ortiq boʼsh ish oʼrinlari bilan qatnashdilar. 


30 nafarga yaqin ishtirokchilarga rangli metallarni ishlab chiqarish korxonasiga  ishchi vazifasiga ishga joylashtirishga doir yoʼllanma berildi. 


50 dan ortiq hamyurtlarimizga esa kasb-xunar egallashlari uchun shu yerning oʼzida tashkil etilgan monomarkazda oʼqish taklifi berildi.


Qolaversa, bir guruh fuqarolarga oʼzini-oʼzi band qilish va yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirishi, oilaviy korxona tashkil etish borasida  huquqiy maslahatlar berildi. 


Shuningdek tadbirda boshqarma boshligʼi Zafar Ikramov ishtirok etib, 10 nafardan ortiq xotin-qizlarga uy sharoitida oʼzini-oʼzi band qilishlari uchun subsidiya asosida tikuv mashinalarini topshirdi. 


Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi