Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-27
Rahbar va yoshlar uchrashuvi:
"Yoshlarning murojaatlari bilan ishlash bizning asosiy vazifamiz"
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarga alohida e’tibor qaratilmoqda, shu munosabat bilan tashkilotlar rahbarlarning mahallalarda yoshlar bilan samarali ish olib borishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan Namangan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafar Shavkatovichning tashabbuslari bilan Namangan tuman Xonabod va Yashnabod mahallalari yoshlar uchun sayyor qabuli o‘tkazildi.
Ushbu yoshlar uchrashuvida Namangan tumani Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bo‘limi boshlig‘i va xokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari qatnashdilar.
Uchrashuv davomida 25 nafardan ortiq yoshlarning murojaatlari bilan birgalikda ularning takliflari va qiziqishlari tinglanib, ijobiy hal etish uchun ijroga qaratildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, ayrimlari yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi