Bugungi kunda muhim bir siyosiy jarayon boʻlib oʻtmoqda. Yaʻni zamirida xalq manfaatlari yotgan konstitutsiyaviy islohotlar, bosh qomusimizga oʻzgartirishlar kiritish va bu boʻyicha bildirilayotgan fikrlar, takliflar muhokamasi joylarda davom etmoqda. Xususan, Namangan viloyati "Bandlik Bosh Boshqarmasi. Rahbari va xodimlari ishtirokida konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish, taklif va fikrlarga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda xodimlar tomonidan bildirilgan fikrlar tinglandi va rahbariyat muhokamasiga qoʻyildi.
bundan tashqari ochiqlik va oshkoralikka asoslangan ushbu seminar ochiq muloqot tarzida oʻtdi, fikrlar erkin bildirildi, takliflar inobatga olindi.
Seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muxtor Xojimatov Ubaydullayevich ham ishtirok etdi va seminar qatnashchilarga konstitutsiyaviy islohotlar boʻyicha targʻibot ishlari, tushuntirishlar olib bordi.Buning zamirida inson qadrining ulugʻlanishi, xalq manfaatlari yotishi borasida oʻz fikrlarini bildirishdi.