Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-24
Namangan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida bugun butun yurtimizda bo‘lgani kabi umumxalq xayriya hashari katta uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
24−25 avgus kunlari butun yurtimizda “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari deb e’lon qilindi.
Erta tongdan boshlangan jarayonlar davomida mahallalar, ichki yo‘llar va markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari jadal davom ettirilmoqda.
Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va korxona - tashkilotlarning atroflari, boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.
Boshqarma xodimlari ham erta tongdan xududdagi daraxtlarni oqlab, keraksiz shox-shabbalarni kechib, gullarga ishlov berib, atrofni begona o‘tlardan tozaladilar.
Hashar davom etmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi.