Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Popda "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi Bugun Barkamol avlod majmuasida tuman hokimligi, Prokuratura, IIB hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tashabbusi bilan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

error

2024-09-30

Popda "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi

Bugun Barkamol avlod majmuasida tuman hokimligi, Prokuratura, IIB hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tashabbusi bilan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Tadbirda bitiruvchilar, xotin-qizlar, xorijiy migratsiyadan qaytganlar, probatsiya ro‘yxatidagi va ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etdi. Unda 40 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlarining 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) bilan qatnashdilar. 

Jarayon davomida 85 nafar fuqarolar ish so‘rab murojaat etib, ularning 52 nafariga  (shundan 34 nafari yoshlar) doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berilib, 12 nafar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar qisqa muddatli kasb-hunar kurslariga yuborildi

Shuningdek, yarmarkada ishtirok etgan fuqarolardan 21 nafariga ishga joylashishga oid va mehnat qonunchiligi bo‘yicha tegishli tushunchalar va maslahatlar berildi.

Tadbir davomida xorijdagi fuqarolar bilan onlayn suhbat tashkil etildi. Muloqot davomida takliflar ish joylaridagi sharoitlar, mehnatga haq to‘lash va bir qator masalalari yuzma-yuz diqqat bilan tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarning har biri sinchkovlik bilan o‘rganilib, hal etish uchun mas’ullarga biriktirildi.