Yangiliklar
Yangiliklar
2024-11-05
Mehnat bozoridagi ko‘rsatkichlar
2024 yil 1 iyul holatiga mamlakatimiz aholisi 37,2 mln nafarni tashkil etib, ulardan 15 mln 089 ming nafari (41%) iqtisodiy faol ya’ni, mehnat qilishga tayyor aholi hisoblanadi.
Shundan, 14 mln 213 ming nafari (94 foizi) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilmoqda.
Xususan:
▪️rasmiy sektorda – 6,8 mln (48%);
▪️norasmiy sektorda – 5,5 mln (38,8%);
▪️xorijda ishlayotganlar – 1,9 mln (13,6%).
Bugungi kunda respublika bo‘yicha 876 ming nafar ishga joylashishga muhtoj aholi mavjud (yil boshida 1 024 ming nafar, -148 ming).
Mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi yil boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaydi.