Yangiliklar
Yangiliklar
2024-11-06
Oʼzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida” gi qonuni va Oʼzbekiston Respublikasining Manfaaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisidagi hamda Oʼzbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida” gi qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2019 yildagi “Oʼzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PF-5729-Farmonidan kelib chiqib, Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan boshqarmadagi boʼlim rahbarlari va ularning maʼsul xodimlari ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Yigʼilishda Boshqarma boshligʼi Z. Ikramov ishtirok etib,"ZOOM" platformasi orqali tuman va shahar boʼlim rahbarlari va ishchi xodimlari bilan suhbat oʼtkazib, oʼz tashkilotlarida qonunlar ijrosini taʼminlash, korruptsiyaga qarshi keskin kurashishda amalda oshkoralik va shaffoflik tamoili asosida ish tashkil etilishi va buni nazoratini doim amalga oshirilishi xususida soʼz olib, maʼsullarga vazifa va topshiriqlar berdi.
Boshqarmaning Korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha bosh mutaxassisi M. Xomidov qonunchilikda korruptsiya xolatini keltirib chiqargan xolatda belgilangan jazo turlari bilan tanishtirdi.
Аlbatta bugun tizimda har bir boʼlim va shahar va tuman boʼlimlari oʼz vazifalarini qonun ustivorligiga tayangan xolda ish olib borishlari, kelgusidagi amalga oshiriladigan vazifalar ijrosining samaradorligini taʼminlashida muxim ekanligi takidlandi.