Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Namangan viloyat Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan Germaniya davlatiga ketish istagini bildirgan ishsiz va band boʼlmagan fuqarolarni “HUMO BILDUNG UND BERATUNGSGRUPPE” Nodavlat taʼlim muassasasi bilan xamkorlik asosida nemis tili boʼyicha oʼqitish tizimi yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida tuman va shahar Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimlari yoʼllanmasi asosida 70 nafar fuqarolar jalb etilgan boʼlib, bugungi kunda 28 nafari oʼqishni tamomlab oʼquv markazi sertifikatlarini qoʼlga kiritdilar. 42 nafari fuqarolar oʼqish jarayonini davom ettirib kelmoqdalar.

error

2024-12-23


Oʼqishni bitirganlarning 13 nafari Gyote institutidan A2 va B1 til sertifikatlarini olishdi. Bugungi kunda sertifikat olganlarning 


7 nafariga Germaniya davlatining Muller Fleisch goʼsht kontserni kombinati tomonidan shartnomalar berilib, qassobchilik yoʼnalishida ishchi sifatida (oʼrtacha ish xaqi 2500-3000 yevro ) joʼnatilmoqda. Ushbu 7 nafar fuqarolar joriy yilning 22 dekabr kuni Germaniya davlatiga joʼnab ketadilar. 


Shu munosabat bilan ularga sertifikatni tantanali topshirish va tashkil etilayotgan bunday oʼquv kurslaridan samarali foydalanishni yanada targʼibot qilish maqsadida maʼsullar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.




https://t.me/NamanganBandlik