Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#RASMAN Prezident aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha muhim qarorni imzoladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. (https://t.me/huquqiyaxborot/17264) Ushbu qarorga muvofiq, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘lida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.

error

2025-01-21

#RASMAN 


Prezident aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha muhim qarorni imzoladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.  (https://t.me/huquqiyaxborot/17264)


Ushbu qarorga muvofiq, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘lida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.


2025 yilda aholini ish bilan ta’minlash dasturi doirasida 5,2 million aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Bu maqsadda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar amalga oshiriladi.


Jumladan, Namangan, Toshkent, Xorazm va boshqa viloyatlarda zamonaviy parrandachilik klasterlari tashkil qilinib, ushbu klasterlar doirasida so‘yish korxonalari, muzlatkichli omborxonalar va naslli jo‘jalar yetishtirish quvvatlari yaratiladi.