Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-03
Tadbirda bitiruvchilar, xotin-qizlar, xorijiy migratsiyadan qaytganlar, probatsiya ro‘yxatidagi va ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etdi. Unda 24 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlarining 320 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) bilan qatnashdilar.
Jarayon davomida 62 nafar fuqarolar ish so‘rab murojaat etib, ularning 34 nafariga (shundan
18 nafari yoshlar) doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berildi, 10 nafar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar qisqa muddatli kasb-hunar kurslariga yuborildi.
Shuningdek, yarmarkada ishtirok etgan fuqarolardan
18 nafariga ishga joylashishga oid va mehnat qonunchiligi bo‘yicha tegishli tushunchalar va maslahatlar berildi.
Namangan viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing