Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Namanganda mehnat yarmarkasi!

error

2022-07-13

Namangan viloyati Yoshlar markazida Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Namangan shahar aholisini ish bilan taʼminlash maqsadida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. 


 Unda jami 21ta tashkilot, korxonalar oʻzlarining 1679ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdilar.

 

Jami qatnashgan fuqarolar 84 nafarni tashkil etib, ulardan 12nafariga “Ishga marhamat“ monomarkaziga  qandolatchilik, tikuvchilik yoʻnalishlarida  kasb-hunar egallashi uchun  yoʻllanmalar berildi.2nafar fuqarolar jamoat ishlariga ishlash uchun yoʻnaltirildi.Doimiy ishga joylashish uchun 5 nafar fuqarolarga yoʻllanma va koʻmak berildi.


Shunda soʻng yarmarkada qatnashgan 65 nafar fuqarolarga doimiy ishga joylashish uchun kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha hamda xorijiy davlatda ishlash uchun mehnat qonunchiligi boʻyicha tushunchalar va tavsiyalar berildi.