Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Kompromatuzb" telegram kanalida “Monomarkazda o‘qiyotgan o‘quvchilarga sertifikat berilmayapti yoxud ko‘zbo‘yamachilik uchunmi?!” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

error

2022-10-13

"Kompromatuzb" telegram kanalida “Monomarkazda o‘qiyotgan o‘quvchilarga sertifikat berilmayapti yoxud ko‘zbo‘yamachilik uchunmi?!” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Bugungi kunda Namangan shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida mehnat bozorida talab yuqori 28 ta kasb-hunar, 4 ta xorijiy tillar va tadbirkorlik koʻnikmalari boʻyicha 1-4 oylik oʻquv kurslari tashkil etilgan. Unda ishsiz fuqarolar oʻz ixtiyoriga koʻra qiziqishi va maqsadidan kelib chiqib, mehnat organlari yoʻllanmasi asosida monomarkazga yuboriladi. Ular kasb egallashlari uchun oʻzlariga qulay boʻlgan taʼlim muassasasi va kurs yoʻnalishini mustaqil tanlaydilar. Tinglovchilar “Bandlik xizmati” elektron platformasi orqali oʻqishga jalb etilib, bandligi taʼminlanguncha onlayn monitoring qilib boriladi va bu haqda fuqaroga har bir holat boʻyicha elektron xabarnoma yuboriladi.

Markaz Oʻquvchilariga qisqa fursatlarda kasb koʻnikmalarini mustahkam egallashlari uchun 70 foiz amaliy va 30 foiz nazariy bilimlar beriladi. Murojaatda bayon etilgan “Oshpazlik” kursi 6 oy emas balki 2 oyni tashkil etadi va 2022-yil iyul oyida oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan 25 nafar tinglovchilarning barchasiga davlat namunasidagi sertifikat topshirilgan. Shu jumladan, monomarkazga joriy yilning oʻtgan davrida hech qanday OBSE tashkiloti kelmaganligini maʼlum qilamiz.

Murojaat muallifi shahsiga aniqliq kiritilsa yanada toʻliqroq maʼlumot taqdim etiladi.