Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-11
2023-yilda o‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida 97 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilgan.
Hududlarda 243 ta mehnat yarmarkalari o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu yarmarkalarda 7902 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi 97 ming 559 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Mazkur yarmarkalarda 21 mingdan ziyod fuqarolar ishtiroki ta’minlandi. Shundan, 12059 nafari ishga joylashtirildi, 2399 nafari kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun yuborildi. 2086 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi va boshqalarga huquqiy maslahatlar berildi.
Namangan viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing