Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-19
Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
2024-yil Yoshlar va tadbirkorlarni koʻllab quvvatlash yili munosabati bilan Yangi Namangan tumani Kambagʻallikkni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tashabbusi bilan “Oromgox” MFY xududida joylashgan “Yoshlar shtabi”da band boʻlmagan ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash maqsadida “Boʻsh ish oʻrinlari” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi. Tadbir davomida korxona va tashkilotlarda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Tashkil etilgan yarmarkada 12 ta korxona va tashkilotlar oʻzining 190 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkada 33 nafar ishsiz fuqarolar ishtirok etib, shulardan 9 nafar ayollar, 14 nafar yoshlar. Tadbirda ishtirok etgan fuqarolardan 6 nafarini doimiy bandligi taʼminlandi, 13 nafar fuqaroga turli korxona va tashkilotlarga yoʻllanmalar berildi, 4 nafarini xaq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborildi, 8 nafar fuqaroga ishga marhamat “Mono markazi”ga yoʻllanma berildi, 8 nafar fuqaroga xuquqiy maslaxatlar berildi.