Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-24
Namangan shaharidagi Monomarkazda Namangan viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish bosh boshqarmasi va Germaniya Hamkorlik Jamiyatining Fargʻona vodiysidagi dasturlarini boshqaruvchisi Beate Schoreit ishtirokida oʻzaro hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbari oʻrinbosari A. Aloxodjayev va GHJ delegatsiyasi rahbari Beate Schoreit va boshqa vakillar bilan
-GHJ tomonidan Namangan viloyatiga taqdim etilgan 72 dona kompyuter jamlanmasining taqsimoti
- ishsiz yoshlar, bandilgi taʼminlanmagan xotin-qizlar, nogironligi borlar uchun axborot texnalogiyalari boʻyicha ishlar samaradorligi,
- IT yoʻnalishida erishilgan yutuqlar, rejalar va boshqa yoʻnalishdagi hamkorlik haqida suhbatlashdilar. Har ikki tomon takliflari oʻrtaga tashlandi va kelgusi ishlardagi hamkorlik rejalariga ham toʻxtalib oʻtildi.