Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-24
Namangan shahridagi “Ishga marhamat monomarkazi” da Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va shahar boʻlimi, Namangan shahar hokimligi tashabbusi bilan xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida "Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada Namangan shahridagi va yondosh tumanlardan 50 ga yaqin korxona tashkilotlar oʻzlaridagi 3 mingdan ziyod boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda qatnashgan 500 nafardan ortiq ishtirokchilardan 105 nafarilariga ishga kirish uchun va 75 nafar fuqarolarga kasb-xunarga oʻqitish uchun yoʻllanmalar berildi.
Shuningdek tadbir doirasida mahallalarda hokim yordamchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan kichik korxonalar oʻzlarini boʻsh ish oʻrinlari va ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ham ishtirok etishdi.