Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar, ularni barqaror ish boshlashlarida yengillikdir. Namangan viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbari Z. Ikramov bugun Davlatobod tumanida boʻlib bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashdi.

error

2024-02-08


Jumladan tumanning Toʻquvchi mahallasi xududida joylashgan "Aziz shifo farm"  oilaviy korxonasi faoliyati boʻyicha  ishchi guruh aʼzolari bilan korxonaning oʻziga borib muloqot oʻtkazdi. Suhbat jarayonida  boshqarma rahbari Z. Ikramov PQ-306 sonli qarorning mazmun moxiyati va beriladigan imtiyozlar boʻyicha korxona rahbarlariga tushuncha berib oʻtdi.

Albatta bugun tadbirkorlik borasida fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, loyihalarini amalga oshirishda yurtboshimiz tomonidan bir qator qaror va farmonlar joriy etilmoqda.

Anashu qarorlarning mazmun mohiyati xususida joylarda oʻtkazilayotgan bunday uchrashuvlar tadbirkorlarga kelgusida faoliyatlari uchun  yanada tushunchaga ega boʻlishlarida yengillik tugʻdiradi.