Voqealar taqvimi
Davlat
bayrog‘idan qanday hollarda foydalanish mumkin?
"O‘zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun imzolangan
bo‘lib, bayroqdan foydalanilishi mumkin bo‘lgan holatlar safi kengaytirildi.
Unga ko‘ra:
➡️ jamoat joylarida;
➡️ binolarda;
➡️
yashash yoki ish joylarida;
➡️
transport salonida;
➡️ sport
musobaqalarida;
➡️
ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda;
➡️
oilaviy bayramlarda;
➡️ xotira
sanalarni nishonlashda;
➡️
jamiyat va davlat arboblari, shuningdek harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;
➡️xalqaro
sport musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini
tayyorlash uchun bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish
mumkin.
❗️Bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari qonun
bilan ta’qiqlangan:
➡️ bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan
yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oqargan holda va boshqa nomaqbul
tarzda foydalanish;
➡️biror-bir
narsa uchun ustki yoping‘ich sifatida foydalanish;
➡️
stollarga, o‘rindiqlarga, stullarga to‘shash yoki tasvirlash, undan qoplama
sifatida foydalanish, o‘tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to‘shash
yoki tasvirlash;
➡️
kiyim-kechak, dastro‘mol yoki ko‘rpa-to‘shak sifatida, buyumlarni saqlash va
tashish uchun foydalanish;
➡️bayroq
tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastro‘mol, ko‘rpa-to‘shak, ichki
kiyim-kechakga, sochiqlarga, qutilarga (o‘rovlarga), bir marta foydalanish va
tashlab yuborish uchun mo‘ljallangan buyumlarga bosib chiqarish yoki uning
tasvirini boshqacha tarzda tushirish;
➡️ bayroq
va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-ahloq qoidalari va jamiyatda
yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish mumkin emas.
BATAFSIL: https://lex.uz/acts/-100122
Asosiy ko‘rsatgichlar va statistik ma’lumotlar