Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Matbuot anjumanlari

Kun tartibida bandlik, migratsiya masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha matbuot anjumani

2024-09-08 / Voqealar taqvimi

Anjumanda respublika va mahalliy OAV vakillari, jurnalist hamda blogerlar ishtirok etilar.



Viloyatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-7-son Qaroriga asosan 2024-yilda 350,5 mingta (shundan, 112,5 ming doimiy, 122,7 ming mavsumiy va 115,3 ming legallashtirish hisobiga) hamda klasterlar tomonidan qoʻshimcha 83 mingta ish oʻrnilari yaratilib, jami 433 ming nafar aholi bandligini taʼminlash maqsad qilingan. Oʻtgan yanvar-iyun oylarida 188 ming nafardan ziyod yurtdoshlarimiz byuandligi taʼminlandi.

Albatta, aholi bandligini taʼminlashda yurtboshimizning tashabbuslari bilan “Sayhunobod”, “Uychi” tajribalari asosida aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash, eng avvalo bandlik masalasida yangi ishchi oʻrinlarini yaratish ustivor vazif etib belgilangan. 

 

Qolaversa, aholini xorijda xavfsiz va qonuniy ishlashiga koʻmaklashish maqsadida Agentlikning Namangan  viloyati hududiy filiali tomonidan Prezidentimiz Farmon va qarorlari  ijrosi doirasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Hozirda xorijda past oylik maoshga ishlovchilarni Vatanga qaytarib, munosib ish oʻrni bilan taʼminlash chora-tadbirlari davom etmoqda. 

 

Matbuot anjumanida viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Z.Ikramov hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Namangan viloyat hududiy filiali rahbari M.Appaqov tomonidan ushbu yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berilib, OAV vakillarini qiziqtirgan savollariga javob qaytarildi.

 

error

110