Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

📌Yangiqoʻrgʻon. “Boʻsh ish oʻrinlar mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi.

error

2024-02-29


Yangiqoʻrgʻon tuman 3-sektor xududida  Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, tuman  hokimligi hamda  "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazi  hamkorligida “Boʻsh ish oʻrinlar mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi.

Mazkur yarmarkaga Yangiqoʻrgʻon  tumanidagi mavjud korxonalar jalb etilib, korxonalar oʻzlarida mavjud boʻlgan 141 ta boʻsh (vakant)  ish oʻrinlari hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan naʼmunalar  bilan ishtirok etdilar.

 

📎Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan ishsiz va nogironligi boʻlgan hamda  band boʻlmagan fuqarolardan 15 nafariga turli yoʻnalishlar boʻyicha ishga  yoʻllanmalar berildi.

Shundan 1 nafar 2-guruh nogironligi boʻlgan fuqaroga  maʼqul kelgan boʻsh ish oʻriniga, 14 nafariga kasbga qayta oʻqitishga (shundan 2 nafari 2-gurux nogironi) yoʻllanmalar berildi.

  Shuningdek, yarmarkada ishtirok etgan fuqarolarga mehnat qonunchiligi boʻyicha va oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda kasanachi sifatida  aʼzo boʻlib, uy sharoitida oilaviy daromadlarini oshirish, tijorat banklari tomonidan kridit ajratish boʻyicha tushuntirishlar berildi.