Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Davlatobod tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi T.Jalilov tomonidan tumandagi “Orzu” mahalla fuqarolar yigʻinida 1 sektordagi 8 ta mahallalar fuqarolari uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda ishga joylashtirish, ish stajini rasmiylashtirish, oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun kredit olish, subsidiya olish, bolalar nafaqasi kabi masalalarda murojaatlar tinglandi.

error

2024-03-02


Tadbir doirasida mahallada boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda  15 ta korxona, tashkilot va muassasa 200 dan ziyod boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etdi.

Oʻtkazilgan sayyor qabulda 10 nafar fuqaro ishga joylandi, 3 nafariga qayta kasbga oʻqish uchun yoʻllanma berildi. "Yoshlar", “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari ajratildi.