Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun Namangan tumanida “Mahallalardagi obodonlashtirish ishlari, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazish” yuzasidan viloyat koʻrgazmali seminari oʻtkazilmoqda.

error

2024-03-13



Viloyat sektorlari rahbarlari, qishloq xoʻjaligi sohasiga daxldor tashkilotlar mutasaddilari, shahar va tumanlar hokimlari, ularning oʻrinbosarlari ishtirok etayotgan seminar “Navroʻz” mahallasidan boshlandi.

 

Namangan shahrining janubiy aylanma yoʻli yoqasiga tutash joylashgan ushbu hududda gulchilik ommalashib bormoqda.  

 

Xususan, magistral yoʻl boʻyi mintaqasida “Namangan Navroʻz gullari” MCHJ tomonidan issiqxonalarda parvarishlanayotgan dekorativ gullar haqida maʼlumot berilib, koʻcha va xiyobonlarni obodonlashtirishda qulay va samarali usul ekanligi taʼkidlandi.

 

Seminar ishtirokchilari gul yetishtirishdagi ilgʻor tajribalar, ayniqsa, xonadonlarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

 

"Navroʻz" mahallasi drayveriga aylangan gulchilik ortidan katta daromad topayotgan oilalar tajribasi oʻrganildi