Yangiliklar
Yangiliklar
2024-03-13
Bugun Namangan tumanida oʻtkazilayotgan viloyat koʻrgazmali seminari ishtirokchilari "Olaxamak" mahallasida boʻldilar.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va sektorlar rahbarlari mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdilar.
Mahalla faollari hamda nuroniylar bilan oʻtkazilgan muloqotda aholi daromadlarini oshirish, turmush farovonligini taʼminlash uchun tomorqalardan unumli foydalanish lozimligi taʼkidlandi.
Hudud obodligiga erishishda keng jamoatchilik hamkorligi, ayniqsa, nuroniylar ibrati eʼtirof etildi.
Shundan soʻng, "Shoʻrqishloq" mahallasi xonadonlarida yerdan samarali foydalanish, issiqxonachilikni ommalashtirish, chorvachilik va boshqa qoʻshimcha daromad manbalarini yoʻlga qoʻyish borasidagi tajribalar oʻrganildi.
Namangan viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing