Yangiliklar
Yangiliklar
2024-03-14
Namanganda oʻtgan yili bandlik dasturi doirasida 564,6 ming nafar aholini ish bilan taʼminlash rejalashtirilib, amalda 587,8 ming ishsizlar band qilindi. Natijada, viloyatda ishsizlik darajasini yil boshidagi 8,9 foizdan 8,1 foizga hamda kambagʻallikni 12,9 foizdan 10,5 foizga kamaytirishga erishildi.
Viloyat rahbari har bir hudud imkoniyatlari va drayveridan kelib chiqib, dasturlarni yanada boyitish kerakligini taʼkidladi. Ayniqsa, migratsiyadan qaytganlar uchun yangi ish oʻrinlari yaratish va yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash kabi masalalarga eʼtibor qaratib, loyihalarni yanada takomillashtirish lozimligi aytib oʻtildi.
Bu borada shahar va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari, mutasaddi idoralar masʼullariga tegishli topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.