Yangiliklar
Yangiliklar
2024-03-17
Bugun tumanda viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Pop tumani Prokuraturasi tashabbusi bilan “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Tadbirda yoshlar-bitiruvchilar, xotin-qizlar, kam taʼminlangan oila aʼzolari, ish bilan band boʻlmagan fuqarolarni ishtirok etdi. Unda 27 ta korxona va tashkilotlar oʻzlarining 600 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) bilan qatnashdilar.
Jarayon davomida 81 nafar fuqarolar ish soʻrab murojaat etib, ularning 52 nafari (shundan 14 nafari yoshlar) doimiy ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun yoʻllanmalar berilib, 13 nafar ish bilan band boʻlmagan fuqarolar qisqa muddatli kasb-hunar kurslariga yuborildi.
Shuningdek, yarmarkada ishtirok etgan fuqarolardan 16 nafariga ishga joylashishga oid va mehnat qonunchiligi boʻyicha tegishli tushunchalar va maslahatlar berildi.
Namangan viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing