Yangiliklar
Yangiliklar
2024-03-25
Mazkur xolat Davlatobod tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazi maʼsullari va mehnat inspektorlari tomonidan oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida isitish korxonasi rahbariyati va fuqarolar bilan suhbatlashilganda, chindan ham MCHJ tumandagi 36 ta tashkilotlarning kuz-qish mavsumida isitish boʻyicha shartnomalar qilganligi, ushbu tashkilotlar shartnomada belgilangan mablagʻlarni oʻz vaqtida MCHJ hisob raqamiga oʻtkazib bermaganligi tufayli tashkilotlarda ishlovchi oʻt yoquvchilarning 2024-yil fevral oyining ish haqlari 2024-yil 13-14-mart va 19-mart kunlari toʻliq toʻlab berilishi taʼminlanganligi va oʻt yoquvchilarning ish haqlarini belgilangan muddatlarda toʻlab berilishini yozma tushuntirish xati bilan MCHJ rahbari bayon qilgan. Ushbu masala yuzasidan oʻt yoquvchilar bilan ham suhbatlashilib oylik maoshlarini oʻz vaqtida olinishi nazoratga olinishi bildirilgan.