Yangiliklar
Yangiliklar
2024-03-28
Oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmakasida Namangan shahar hamda Davlatobod, Yangi Namanagan tumanlarida faoliyat yuritayotgan 35 ta korxona, tashkilot va muassasalar oʻzlaridagi mavjud
3 385 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdilar.
Yarmarkada jami 150 nafar (95 nafari ayollar, 53 nafari yoshlar) ishsiz fuqarolar jalb etildi.
Shundan 35 nafari taʼlim muassasalari bitiruvchilari
2 nafari jazodan ozod etilganlar, 113 nafari boshqa toifadagi ish qidiruvchilar jalb etildi.
Yarmarkada ishlash istagini bildirgan 20 nafar (13 nafari ayollar, 7 nafari yoshlar) ishsiz va band boʻlmagan fuqarolar ishga kirishlari uchun yoʻllanmalar berildi.
Shuningdek, 15 nafar (10 nafari ayollar, 5 nafari yoshlar) fuqarolarni kasb-xunarga oʻqitish uchun “Ishga marxamat” monomarkazi va kasb-hunarga oʻqitish markazlariga yoʻllanmalar berildi.
Yarmarkada ishtirok etgan 115 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligidagi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlar olish toʻgʻrisida maslaxatlar berildi.