Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish tuman boʻlimi tomonidan 2-sektor hududida joylashgan Yangiqoʻrgʻon kasb-hunarga oʻqitish markazida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi

error

2024-03-29



Mehnat yarmarkasida tumandagi 15 ta korxona, tashkilot va xususiy korxonalari  jami 350 ta ish oʻrinlari bilan ishtirok etib, 57 nafar ishsiz fuqarolar, jumladan 49 nafari xotin-qizlar, 8 nafari yoshlar jalb etildi.

 

Yarmarkada 3 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 16 nafari qayta kasbga oʻqishga yoʻnaltirildi va 7 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga qatnashish uchun yoʻllanma oldilar.                                                                                                          Shuningdek, 31 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi boʻyicha hamda  oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va kasanachi sifatida  aʼzo boʻlib, uy sharoitida oilaviy daromadlarini oshirish, tijorat banklari tomonidan kredit ajratish boʻyicha tushuntirishlar berildi.