Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-02
Bugungi kunda Pop tumanining oʻzida 5737 nafar mehnat migrantlari boʻlib, asosan Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Janubiy Koreya, Turkiya davlatlarini tanlashgan.
Tashkil etilgan muloqot davomida tuman rahbari Aʼzamjon Sultanov joʻyali ish topolmay sarson boʻlib yurgan migrantlar bilan telefon orqali muloqot qildi.
Oʻzimizda maoshi yaxshi boʻlgan 1500 dan ziyod boʻsh oʻrinlari borligi, qolaversa, 420 gektar yer maydoni auksionga chiqarilib, shartnoma asosida berilayotganini bildirdi. Yurtga qaytishni tavsiya qildi.
Bildirilgan murojaatlar alohida nazoratga olindi. Ayrim migrantlarning oila aʼzolariga moddiy, tibbiy yordamlar koʻrsatiladigan boʻldi.
Namangan viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing