Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-04
Joriy yilda Davlat rahbarining Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida Namangan viloyatini “ishsizlikdan holi xududga aylantirish” boʻyicha bergan topshiriqlarining ijrosini taʼminlash maqsadida Davlatobod tuman xokimi A.Tadjimirzayev xamda tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari J.Irisboyevning tashabbusi bilan tuman Bandlik boʻlimi va sektordagi mahallalar beshligi hamkorligida “Yangi Tong” mahallasida boʻsh ish oʻrinlari Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirga 3-sektordagi ishsiz fuqarolar qamrab olindi. Fuqarolarning ayrimlariga shu yerning oʻzida tanlagan ish oʻrinlariga joylashtirish uchun yoʻllanmalar, tavsiyalar va tushuntirishlar berildi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad fuqarolarni mehnatga jalb etish, ishsizlikni kamaytirishdan iborat.
Sektor rahbari tomonidan hududlarda bunday tadbirlar doimiy ravishda oʻtkazilib borilishi nazoratga olingan.
Namangan viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing