Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Mehnat yarmarka” oʻtkazildi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi "Ishchi guruhi" bilan hamkorlikda Namangan shahar “Ishga marhamat monomarkazi”da ishsiz va band boʻlmagan aholi, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarninn bandligini taʼminlash maqsadida “Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi” oʻtkazildi.

error

2024-04-04

Tadbirda shaharda faoliyat yuritayotgan 18 ta korxona, tashkilot va muassasalar 462 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkada jami 205 nafar (167 nafari ayollar, 53 nafari yoshlar) ishsiz fuqarolar jalb etildi.

Shundan 35 nafari taʼlim muassasalari bitiruvchilari

2 nafari jazodan ozod etilganlar, 169 nafari boshqa toifadagi ish qidiruvchilarni tashkil etdi.

Yarmarkada ishlash istagini bildirgan 109 nafar (11 nafari ayollar, 3 nafari yoshlar) ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarga ishga kirishlari uchun yoʻllanmalar berildi,

shuningdek, 38 nafar (10 nafari ayollar, 5 nafari yoshlar) fuqarolarni kasb-xunarga oʻqitish uchun “Ishga marxamat” monomarkazi va kasb-hunarga oʻqitish markazlariga yoʻllanmalar berildi, 27 nafar fuqarolarni jamoat ishlariga yoʻnaltirildi.

Yarmarkada ishtirok etgan 31 nafar fuqarolarga mexnat qonunchiligidagi yangiliklar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli  kreditlar, subsidiyalar olish borasida huquqiy maslahatlar berildi.

 

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik  bosh boshqarmasi