Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-02
Davlatobod tumanidagi “Gulobod” mahalla fuqarolar yigʼinida joylashgan tuman “Madaniyat markazi”da tumandagi ishsiz hamda band boʼlmagan aholiga tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi boshligʼi T.Jalilov tomonidan “sayyor qabul” hamda “Mehnat yarmarkasi oʼtkazildi.
Sayyor qabulda kasb-xunarga oʼqitish, tadbirkorlik uchun kredit olish, subsidiya asosida asbob-uskuna olish, ishga joylashtirish kabi masalalar boʼyicha jami 45 ta murojaat kelib tushdi. Qabul davomida 12 ta murojaat ijobiy hal etilgan boʼlsa, qoʼshimcha oʼrganish talab etilgan murojaatlar tegishliligi boʼyicha masʼullarga yoʼnaltirilib, nazoratga olindi.
Bundan tashqari sayyor qabul davomida tumandagi yirik toʼqimachilik va tikuvchilik korxonalari, kichik biznes subʼektlari hamda korxona, tashkilot, muassasalardagi boʼsh ish oʼrinlari boʼyicha boʼsh ish oʼrinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Unda tumanda faoliyat yuritayotgan
18 ta korxona, tashkilot, muassasalar, kichik biznes subʼektlarining oʼzlarida mavjud boʼlgan 350 ta boʼsh ish oʼrinlari bilan qatnashdilar.
Mehnat yarmarkasida ish bilan band boʼlmagan 80 nafar fuqarolar qatnashdi. Oʼtkazilgan yarmarkada ulardan 24 nafariga oʼzlari tanlagan kasb mutaxassisliklari boʼyicha korxona va tashkilotlarga yoʼllanma asosida ishga yuborildi. 8 nafar fuqaroga qonun talablariga asosan tushuntirishlar hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʼyicha yoʼl-yoʼriq va maslahatlar berildi. 6 ta fuqarolarga kasb-xunarga oʼqitish boʼyicha “Monomarkaz”ga yoʼllanmalar berildi.