Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Chust tumani Yuqori mahallasida joylashgan "Mehrijon bolalar oromgohi" da "O‘zbekiston ijtimoiy davlat: Inson huquqlari va qonuniy manfaatlari yo‘lida" mavzusida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha "Ombudsman maktabi" uchrashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

error

2024-05-22

 Tadbir doirasida fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik va "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi. 

Shuningdek aholi bandligini ta’minlash borasida Namangan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Ahmadjon Aloxodjayevning  ma’lumot berdi.

Shuningdek shu kuni taklif etilgan barcha tashkilotlar rahbarlari tomonidan xisobot tinglandi.

Yarmarka davomida 41 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashish va kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘naltirildi. 12 nafar ishsiz xotin-qizlarga uy sharoitida o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.

Tadbirda  Ombutsman rahbari Feruza Eshmatova va ma’sullar ishtirokidagi ochiq muloqotda fuqarolar o‘zlarini bir necha yillardan beri qiynab kelayotgan masalalariga qonuniy yechim so‘rab murojaat qildilar.

 Yo‘llangan murojaatlar dahldorligi bo‘ycha masullarga o‘rganish vazifasi yuklatildi. Fuqarolarni alohida murojaat va takliflari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatovaning qabuli ham bo‘lib o‘tdi.