Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Аholi bandligi yoʼlidagi navbatdagi qadam "Kambagʼallikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi", Chortoq tuman hokimligi shuningdek, dahldor tashkilotlar ishtirokida ishsiz aholi bandligini taʼminlash, xotin-qizlarni uy sharoitida oʼzini- oʼzi band qilish maqsadida tumandagi "UzTex" korxonasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

error

2024-06-15

Аholi bandligi yoʼlidagi navbatdagi qadam


"Kambagʼallikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi", Chortoq tuman hokimligi shuningdek, dahldor tashkilotlar ishtirokida ishsiz aholi bandligini taʼminlash, xotin-qizlarni uy sharoitida oʼzini- oʼzi band qilish maqsadida tumandagi "UzTex" korxonasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.


Tadbirda "Kambagʼallikni qisartirish va Bandlik bosh boshqarmasi" boshligʼi Zafar Ikramov ishtirok etib, bugun yurtimizda yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar hisobiga yangi ishchi oʼrinlari yaratilayotganligi, fuqarolarni band qilishda oylik maoshga qoʼshimcha zarur barcha sharoitlar yaratilayotganligini alohida taʼkidlab oʼtdi.


Maʼlumot oʼrnida: Yarmarka doirasida tumandagi 60 nafar ishsiz xotin- qizlarga oʼz-oʼzini band qilish va oilaviy tadbirkolikni rivojlantirish maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi. 

Shuningdek, 120 nafar fuqarolar mazkur korxonaga ishga joylashtirilib, 105 nafar ishtirokchilarga  tikuv moshina va motokulьtvatorlar taqdim etildi.


Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi