Yangiliklar
Yangiliklar
2024-06-15
Аholi bandligi yoʼlidagi tadbirlar davom etmoqda.
Bugun Chortoq tumanidagi 1 sektor hududida joylashgan mahalla fuqarolar yigʼinida hududdagi ishsiz aholi vakillari va migratsiyadan qaytganlar, ishsiz xotin-qizlar uchun "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
Tadbirda nafaqat mahalladagi balki Chortoq tumanida faoliyat olib borayotgan korxonalar oʼzlaridagi mavjud boʼsh ish oʼrinlari bilan ishtirok etdilar.
"Mehnat yarmarkasi" davomida shuningdek, 10 dan ortiq ishsiz xotin-qizlarga oʼz-oʼzini band qilish loyihasi doirasida oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish maqsadida subsidiya asosida tikuv moshinalar topshirildi.
Bunday "Mehnat yarmarka" lari Chortoq tumanining barcha hududlarida davom etmoqda.
Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi