Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Gulnora Inomova ishsiz ayollar bindligini ta’minladi. Gulnora qo‘li gul chevar. Chortoq tumanining "Iftixor" mahallasida istiqomat qiladi. Ishining ustasi bo‘lsada, biroq, faoliyatini kengaytirishda biroz qiynalayotgan edi. Mahallasida bo‘sh turgan bino bor ediyu, uni olishda kimga murojaat qilishni bilmasdi. Tumanda faoliyat olib borayotgan respublika ishchi guruhi o‘rganishida uning bu muammosiga yechim topildi.

error

2024-06-24

Gulnora Inomova ishsiz ayollar bindligini ta’minladi. 


Gulnora qo‘li gul chevar. Chortoq tumanining "Iftixor" mahallasida istiqomat qiladi. Ishining ustasi bo‘lsada, biroq, faoliyatini kengaytirishda biroz qiynalayotgan edi. Mahallasida bo‘sh turgan bino bor ediyu, uni olishda kimga murojaat qilishni bilmasdi. 

Tumanda faoliyat olib borayotgan respublika ishchi guruhi o‘rganishida uning bu muammosiga yechim topildi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining Chortoq tuman bo‘limi tashabbusi bilan unga mazkur bino ajratildi. Qisqa muddatda zarur ta’mirlash ishlarini olib borildi. Natijada, kichik tikuv sexi tashkil etildi. Gulnoraga bo‘lim tomonidan subsidiya asosida 8 ta tikuv moshinalari topshirildi.

  Asosiysi, shu yerning o‘zida 10 dan ziyod uyda ishsiz o‘tirgan xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

Bugun mazkur kichik korxonaning ochilishida tuman bo‘limi rahbari Anvarjon Artiqov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi vakillari va  Aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i  Ahmadjon Turdiboyev, tuman xokimligi ma’sullari, mahalla oqsoqollari ishtirok etdilar va bugun yurtimizda xotin-qizlar bandligini ta’minlashda yurtboshimiz tomonlaridan berilayotgan imtiyozlar Gulnora kabi yoshlarni o‘zini va boshqa xotin-qizlarni bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganligini ta’kidladilar.


Ma’lumot o‘rnida:  Chortoq tumanida yil boshidan shu kunga qadar subsidiya asosida 250 dan ortiq zamonaviy tikuv moshinalari topshirildi. 


Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi