Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Chortoq tumanidagi “Soxibkor” mahallasida uyda o‘tirgan ishsiz va ayollar daftarida turgan 20 nafar ayollarga Namangan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan subsidiya asosida zamonaviy tikuv moshinalari taqdim etildi.

error

2024-06-27

Chortoq tumanida yana bir korxona tomonidan ayollar bandligi ta’minlandi


Chortoq tumanidagi “Soxibkor” mahallasida  uyda o‘tirgan ishsiz va ayollar daftarida turgan 20 nafar ayollarga Namangan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan subsidiya asosida zamonaviy tikuv moshinalari taqdim etildi. 


Ayollarni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlash maqsadida ushbu 20 nafar xotin-qizlarni tadbirkor Nozimjon Og‘aliqov rahbarligidagi tikuv korxonasiga kooperatsiya asosida ishga olindi. Ayni damda korxonada mavjud 20 nafar ishchi o‘rinlari endilikda 40 nafarga yetdi. Bu yerda tikilayotgan ayollar va bolalar, maxsus kiyimlar Rossiya davlatiga eksporti yo‘lga qo‘yilgan  bo‘lib yangi ishchi o‘rinlar yaratilishi bilan eksport xajmi ham ortadi. 


Korxonaning ochilishida  Chortoq tumanida bo‘lib turgan Republika ishchi guruhi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, tuman xokimligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi rahbari, boshqarmaning tuman bo‘limi ma’sullari ishtirok etdilar. 


Tadbirkor bilan suhbatda bugun yurtimizda ishchi o‘rin yaratish maqsadida faoliyat boshlagan ishbilarmonlarga keng imkoniyatlar yaratilayotganligi aytib o‘tildi. 


Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi.