Namangan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbari Zafar Ikramov bugun tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 2024 yilni "Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yili" munosabati bilan bugun barcha sohalarda faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va fikr muloxazalarini tinglash, sohada na’muna ko‘rsatayotgan yigit-qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida vazirlik va idoralar, tashkilotlarda bevosita rahbar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Davlatobod tumanida joylashgan Yoshlar ziyo maskanida tashkil etilgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuviga tizimda faoliyat olib borayotgan faol yoshlar jalb etild
2024-07-05
i.
Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i bugun yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida bir qator islohotlar amalga oshirilayotganligi va bundan yoshlar maqsadli va samarali foydalanishlarini ta’kidladi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va takliflarni o‘rtaga tashladilar.
Boshqarma boshlig‘i ushbu uchrashuvda hamisha yoshlar bilan muloqot o‘tkazishga tayyorligini va ularni takliflari, mulohazalari e’tiborsiz qorlidirilmasligini bildirdi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi