// Namangan

Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Murojaatga munosabat “Qobul Dusov” telegram tarmog‘ida Chortoq tumanidagi “45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlarini majburiy mehnatga jalb etilayotganligi” mazmunida joylangan xabar yuzasidan Kamabag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi Davlat mehnat huquq inspektori T.Niyozmatov tomonidan 45 sonli maktabda xodimlar ishtirokida o‘rganish o‘tkazildi.

error

2024-07-07

Murojaatga munosabat


“Qobul Dusov” telegram  tarmog‘ida Chortoq tumanidagi 

“45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlarini majburiy mehnatga jalb etilayotganligi” mazmunida joylangan xabar yuzasidan Kamabag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi Davlat mehnat huquq inspektori T.Niyozmatov tomonidan 45 sonli maktabda xodimlar ishtirokida o‘rganish o‘tkazildi.


  O‘rganishda aniqlanishicha, tushuntirish bergan o‘qituvchilar  tushuntirish xatida haqiqatdan ham joriy yilning 12 iyun kuni maktabga ishga kelgani, maktabda o‘quv yili tugaganligi sababli o‘quv xonalarini ta’mirlash ishlari olib borilganligi sababli maktab xovlisida o‘tirib, xodimlar tashabbusi bilan maktab xovlisini begona o‘tlardan tozalash ishlari bajarilgani, ushbu tozalash ishlari 20-30 minut davomida amalga oshirilganligi, ushbu tozolovga maktab direktori yoki boshqa mansabdor shaxlar tomonidan majburiy jalb qilinmaganligini, bundan tashqari, maktab direktori N.Nishanova ushbu kuni sog‘ligi yaxshi bo‘lmaganligi sababli maktabda bo‘lmagani, shifoxonada davolanayotganligini bayon etgan.

  Shu kabi ko‘rsatmani boshqa o‘qituvchilar ham  tasdiqlab tozalov ishlariga majburan jalb qilinmaganliklarini ko‘ngilli sifatida tozalangani yuzasidan o‘z tushuntirish xatlarida bayon qilishgan.

O‘rganish yakuniga ko‘ra, 45-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori yoki boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tozalov ishlariga majburlanayotganligi holatlari o‘z tasdig‘ini topmadi.


Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi 


https://t.me/NamanganBandlik