Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ishchi guruh nigoxida. Ma’lumki, joriy yilning 27 oktyabrida mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon yani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. 5 sentyabrdan boshlab tuman saylov komissiyasi hamda uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quvlar boshlandi. Unda trenerlar tomonidan saylov qonunchiligi bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.

error

2024-09-11

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ishchi guruh nigoxida.


Ma’lumki, joriy  yilning 27 oktyabrida mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon yani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. 

5 sentyabrdan boshlab tuman saylov komissiyasi hamda uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quvlar boshlandi. Unda trenerlar tomonidan saylov qonunchiligi bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.


Joylarda mazkur siyosiy jarayonga ko‘rilayotgan tayyorgarlikni ko‘zdan kechirish maqsadida vazirlik va idoralar vakillaridan ishchi guruh tuzilgan bo‘lib kuni kecha Namangan viloyatdida Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vaziri maslahatchisi Botirali Parpiyev rahbarligida ishchi guruh a’zolari viloyatning Uchqo‘rg‘on, Norin, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Chust, Pop  kabi bir qator tumanlarida bo‘lib jarayonlar bilan tanishdilar. 

Vazir maslaxatchisiga hamrohlik qilgan tuman xokimlari va ma’sullar dastlab bir qator maktablarda bo‘ldilar.   Saylov komissiyalari a’zolari bilan bu yilgi muhim siyosiy jarayonlarni o‘tkazish tartibi, yangiliklar to‘g‘risida muloqot o‘tkazildi.

Vazir maslaxatchisi xududlarni ko‘zdan kechirar ekan, mazkur jarayonni ko‘tarinkilikda va siyosiy bilimni oshirgan xolda barcha sharoitlar mujassamligiga alohida e’tibor qaratdi. 

Ayrim maktablarning  obodonlashtirish ishlariga va sanitar xolatlariga e’tibor qaratish lozimligi xususida ma’sullarga ko‘rsatmalar berdi. 


Kambag‘allikni qisqartirish bandlik bosh boshqarmasi