Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Kelajak tongi" mahallasi ishsizlikdan holi hududga aylantiriladi Aholi bandligi-oilalarda iqtisodiy farovonlik oshishi, o‘z-o‘zini band qilish, daromad ko‘rsatkichlarining yuqorilashishiga xizmat qiladi. Yangi Namangan tumani "Kelajak tongi" MFYda Namangan shahar "Ishga marhamat" Mono markaz filiali tashkil etildi. Unda Yangi Namangan tuman, Namangan shahar hamda Davlatobod tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari bilan hamkorlikda Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

error

2024-09-10

"Kelajak tongi" mahallasi ishsizlikdan holi hududga aylantiriladi


Aholi bandligi-oilalarda iqtisodiy farovonlik oshishi, o‘z-o‘zini band qilish, daromad ko‘rsatkichlarining yuqorilashishiga xizmat qiladi.


Yangi Namangan tumani "Kelajak tongi" MFYda Namangan shahar "Ishga marhamat" Mono markaz filiali tashkil etildi. 



Unda Yangi Namangan tuman, Namangan shahar hamda Davlatobod tuman  Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish  bo‘limlari bilan hamkorlikda Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.


O‘tkazilgan yarmarkada  590 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Shundan  360 nafari ayollar hamda 118 nafari yoshlar. 

Tadbirda 264 nafar fuqaroga  doimiy ishga joylashtirish uchun turli korxona va tashkilotlarga yo‘llanmalar berildi. 128 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildilar. 



Shuningdek, 118 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga qayta o‘qitishga ham yo‘llanmalar berildi.

Bundan tashqari 208 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.


Kambag‘allikni qisqatirish va bandlik bosh boshqarmasi.