Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarma boshlig‘i Yangiqo‘rg‘on tumanida kam ta’minlangan oilalar ulushi yuqori, bo‘lgan eng og‘ir 7 ta (Yangibog‘iston, Gaznon, Qandiyon, Xadikent, Birlik, Madaniyat, Gaiston) mahallalardagi oilalarni daromadini oshirish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib bordi.

error

2024-10-25

✅ Xususan, Birlik MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro U.Boymirzayeva turmushdan ajrashganligi va hududdagi eski masjid binosida 2 nafar farzandi bilan yashab kelayotgani, hozirda ishsizligini inobatga olib subsidiya asosida tikuv mashina berilishini so‘radi va murojaati joyida qanoatlantirildi. 

❇️Shuningdek, ushbu hududda istiqomat qiluvchi  opa singil  Qodirovalarning huddi shunday murojaatlari qanoatlantirilib bandligi ta’minlandi.

♻️Bundan tashqari, Xadikent MFY dagi fuqaro Z.Axmedovani turmush o‘rtog‘i 12 yil muqaddam vafot etgan 2 nafar qizi bilan qolgan va hozirda ishsiz ekani sababli bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha subsidiya asosida tikuv mashina va 20 bosh parranda beriladigan bo‘ldi.